Fidbol.net

Araukho «Benfika»da yana besh yil qoladi

Tahririyat 1
Araukho «Benfika»da yana besh yil qoladi

«Benfika» markaziy himoyachi Tomash Araukho bilan shartnomani uzaytirdi. Bu haqda transfer insayderi Fabrisio Romano xabar berdi.

Yangi kelishuvga ko‘ra, 24 yoshli portugaliyalik futbolchi Lissabon klubida 2031 yil yoziga qadar qoladi. Uning avvalgi shartnomasi 2029 yil iyunigacha mo‘ljallangan edi.

Arauxo «Benfika» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va professional faoliyati davomida asosan shu klub tizimida o‘ynab kelgan.

So‘nggi mavsumda himoyachi barcha musobaqalar hisobida 39 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring