Fidbol.net

Liga 1 klublari futbolchi sotishdan misli ko‘rilmagan daromad oldi

Tahririyat 3
Liga 1 klublari futbolchi sotishdan misli ko‘rilmagan daromad oldi

Liga 1 klublari yozgi transfer oynasida futbolchilar sotuvidan 1,33 milliard yevro daromad oldi. Bu Fransiya chempionati tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.

Shu bilan birga, fransuz klublari yangi futbolchilar xaridiga 600 million yevro sarfladi. Natijada Liga 1 jamoalarining sof transfer foydasi 730 million yevroga yetdi — bu ham chempionat uchun yangi rekord.

Yozgi oynadagi eng qimmat sotuv «PSJ» vingeri Bredli Barkolyaning «Liverpul»ga transferi bo‘ldi. Angliya klubi fransuz futbolchisi uchun 125 million yevro to‘laydi, yana 20 million yevro bonuslar ko‘rinishida qo‘shilishi mumkin.

L’Equipe nashri ta’kidlashicha, bunday vaziyatga Liga 1da teletranslyasiya huquqlari bilan bog‘liq inqiroz ham katta ta’sir ko‘rsatgan.

Joriy mavsumda Fransiya chempionati klublari BeIN Sports va DAZN tomonidan translyasiya huquqlari uchun to‘lov olmaydi. Shu sababli ko‘plab klublar moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun futbolchilar sotuviga ko‘proq tayanishga majbur bo‘lgan.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring