Fidbol.net

«Tottenxem» o‘rtoqlik o‘yinining so‘nggi daqiqalarida «Chelsi»dan g‘alabani tortib oldi

Tahririyat 3
«Tottenxem» o‘rtoqlik o‘yinining so‘nggi daqiqalarida «Chelsi»dan g‘alabani tortib oldi

Sidneydagi «Australia» stadionida «Chelsi» hamda «Tottenxem» jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Hakamning final hushtagidan so‘ng 2:1 hisobida «shporlar»ning g‘alabasi qayd etildi.

17-daqiqada Sandro Tonali hisobni ochib, «shporlar»ni oldinga olib chiqdi. 21-daqiqada Estevao hisobni tenglashtirdi. 49-daqiqada «Tottenxem» himoyachisi Kevin Danso qizil kartochka olib maydondan chetlatildi. Shunga qaramay, 90+2-daqiqada Risharlison «Tottenxem»ga g‘alaba keltirgan golni urishga erishdi.

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra, «Chelsi» 52 ochko bilan APL turnir jadvalida 10-o‘rinni egallagan bo‘lsa, «Tottenxem Xotspur» 41 ochko bilan 17-pog‘onadan joy olgan edi.

APLning yangi mavsum 1-turida «ko‘klar» 24 avgust kuni safarda «Fulxem»ga qarshi maydonga tushadi, «shporlar» esa 22 avgust kuni mehmonda «Brentford» bilan kuch sinashadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring