Tiago Silva yana «Fluminense» futbolchisiga aylandi
Tahririyat
•
•
14
Bundan avvalroq 41 yoshli himoyachi «Portu»ni tark etgan edi. Braziliyalik futbolchi Portugaliya klubiga shu yilning yanvar oyida o‘tib, shartnomani 2027 yilgacha uzaytirish imkoniyati bilan yarim yillik shartnoma imzolagan edi. Portugaliyaliklar ushbu bandni faollashtirmaslikka qaror qilishdi.
Juma kuni «Fluminense» Silvaning qaytishini e’lon qildi. Tiago 1995 yildan 2003 yilgacha klub tizimida bo‘lgan va asosiy jamoada 2006 yildan 2009 yilgacha, shuningdek, 2024 yildan 2025 yilning oxirigacha to‘p surgan.
«Ba’zi tarixlar hech qachon tugamaydi. «Monstr» Tiago Silva «Fluminense»ga qaytdi», – deyiladi Braziliya klubi xabarida.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0