Fidbol.net

Tailandda oʻtkazilgan oʻyin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida 24 yoshli futbolchi halok boʻldi

Tahririyat 3
Tailandda oʻtkazilgan oʻyin vaqtida chaqmoq urishi oqibatida 24 yoshli futbolchi halok boʻldi

Fojia 4 avgust kuni Naratxivat viloyatining Sungaykolok shahrida sodir boʻldi. Oʻyin vaqtida kuchli yomgʻir va shamol bilan momaqaldiroq boshlangan, shundan soʻng chaqmoq futbol maydoni hududiga urgan.

Turnirda "Abu x Nong Sirin" jamoasi safida toʻp surgan Avae ogʻir tan jarohatlarini oldi. Shifokorlar futbolchini qutqarishga harakat qilishdi, biroq keyinchalik u vafot etdi.

Mahalliy OAV xabarlariga koʻra, chaqmoq urishi oqibatida yana bir necha kishi jabrlangan. Turli manbalar 8–10 nafar jabrlanuvchi haqida xabar bermoqda. Sakkiz nafar futbolchi shifoxonaga yotqizilgan, Malayziyadan kelgan bir futbolchi davolanishni oʻz vatanida davom ettirishga qaror qilgan, yana ikki kishi tekshiruvdan oʻtmoqda.

Avae avvalroq "Pattani" jamoasida oʻynagan va fojiadan sal oldin "Yala" klubi bilan shartnoma imzolagan edi. Jamoa futbolchining oila a'zolariga hamdardlik bildirdi, muxlislar va taylandlik futbol vakillari ijtimoiy tarmoqlarda uning xotirasini yodga olishdi.

Golok FA Kuboki — Tailandning janubiy viloyatlari jamoalari, shuningdek, qoʻshni Malayziya klublari ishtirok etadigan mintaqaviy turnir hisoblanadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring