Ozarbayjon terma jamoasi oʻrtoqlik oʻyinida Tojikiston terma jamoasini magʻlub etdi
Oʻyin "Palms — Neftchi Arena" (Boku, Ozarbayjon) stadionida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Roman Jitari (Moldaviya) bosh hakam sifatida ishladi. Ushbu bahsda maydon egalari futbolchilari gʻalaba qozonishdi.
Oʻyindagi yagona golni Tojikiston terma jamoasi darvozaboni Oleg Baklov oʻz darvozasiga kiritib qoʻydi. Avtogol 58-daqiqada sodir boʻldi.
Oʻrtoqlik oʻyini
Ozarbayjon - Tojikiston 1:0
Gol: Baklov 58 (avtogol).
Tojikiston: Oleg Baklov, Vaxdat Xanonov, Zoir Joʻraboev, Tabrez Islomov (Shaxrom Samiev, 80), Alijon Karomatullozoda (Sodikdjon Kurbonov, 80), Alisher Shukurov (Fatxullo Olimzoda, 70), Saloxiddin Irgashev (Furkon Raximzoda, 59), Shervoni Mabatshoev (Nozim Bobojonov, 70), Parvizjon Umarboev (Muxammajon Raximov, 80), Alisher Jalilov (Amirbek Joʻraboev, 59), Rustam Soirov (Sheriddin Boboev, 46).
Ozarbayjonlik futbolchilar navbatdagi oʻyinni UEFA Millatlar ligasi 1-turi doirasida Litva terma jamoasiga qarshi oʻtkazishadi. Uchrashuv 27 sentyabr kuni safarda boʻlib oʻtadi. Tojikiston terma jamoasi esa bir kun oʻtib oʻrtoqlik oʻyini doirasida oʻz maydonida Falastin milliy terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0