OFK Qirgʻiz Respublikasi jamoasini katta miqdorda jarimaga tortdi
Tahririyat
•
•
4
Bunga 2026 yil 11 avgust kuni Suriyaning "Homs Al-Fidia SK" klubiga qarshi oʻtkazilgan OFK Chaqiruv ligasi 2026/27 yilgi mavsumi saralash bosqichi oʻyini oldidan stadiondagi tibbiyot xonasini tashkil etish va jihozlash talablari buzilgani sabab boʻldi.
OFK qaroriga koʻra, klub oʻyin oldidan belgilangan muddatda tibbiyot xonasini tashkil etmagan va toʻliq jihozlamagan.
Jarima qaror haqida xabardor qilingan sanadan boshlab 30 kun ichida toʻlanishi kerak.
Manba: championat.asia
Izohlar 0