Fidbol.net

Superliga 20-turining ramziy jamoasi e’lon qilindi

Tahririyat • • 64
Superliga 20-turining ramziy jamoasi e’lon qilindi

O‘zbekiston Superligasining 20-tur yakunlariga ko‘ra ramziy jamoa e’lon qilindi. Tarkibdan "Nasaf"ning 4, "Paxtakor"ning 3, "So‘g‘diyona"ning 2, "Dinamo" va "Qizilqum"ning bir nafardan futbolchisi joy oldi.

Darvozabon — Abduvohid Ne’matov ("Nasaf").

Himoya chizig‘idan Artyom Radayev ("Dinamo"), Zaid Tahsin ("Paxtakor"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor") va Sharof Muhitdinov ("Nasaf") o‘rin olgan.

Yarim himoyada Adenis Shala ("Nasaf"), Sardor Sobirxo‘jayev ("Paxtakor") va Jambuli Jigauri ("Qizilqum") tanlangan.

Hujum uchligini esa Lyupcho Doriyev ("So‘g‘diyona"), Zabihillo O‘rinboyev ("So‘g‘diyona") va Bobir Abduxoliqov ("Nasaf") tashkil etdi.

20-tur sermahsulligi bilan ham ajralib turdi. Sakkizta uchrashuvda jami 29 ta gol urildi. 

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring