Shotlandiya terma jamoasi murabbiyi Vinisius haqida: "Bundaylarga qarshi o‘ynashni xohlamaysan"
Shotlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stiv Klark Braziliyadan qabul qilib olingan yirik mag‘lubiyatdan (0:3) so‘ng Vinisius Juniorning o‘yini haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Madridning "Real" klubi futbolchisi uchrashuvning 7 va 45-daqiqalarida gol urib, dubl muallifiga aylandi. Tanaffusdan so‘ng Mateus Kunya yakuniy hisobni o‘rnatdi.
"Vinisius — o‘ziga xos futbolchi. Men o‘zim ham qanot himoyachisi bo‘lganman va u o‘ziga qarshi to‘p surishni umuman istamaydigan vingerlar toifasiga kiradi", — deya o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Klark ta’kidlab o‘tdi.
Braziliya yetti ochko bilan guruhda birinchi o‘rinni egalladi. Shotlandlar esa uch ochko bilan uchinchi bo‘lishdi — ularning turnirdagi keyingi taqdiri birozdan so‘ng oydinlashadi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0