Fidbol.net

Tchuameni: «Xoland istalgan daqiqada gol urishi mumkin»

Tahririyat 2
Tchuameni: «Xoland istalgan daqiqada gol urishi mumkin»

Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orelyen Tchuameni futbol bo‘yicha 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Norvegiyaga qarshi bahs oldidan raqib hujumchisi Erling Xoland haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv 26 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

«Xoland — jahon darajasidagi futbolchi. U istalgan daqiqada gol urishi mumkin, shuning uchun biz hushyorlikni saqlashimiz kerak. Diqqatni ozgina yo‘qotish ham qimmatga tushishi mumkin, ammo biz ushbu jangga tayyormiz», — deya Tchuamenining so‘zlarini keltirmoqda jurnalist Jyulyen Froman.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Norvegiya terma jamoalari allaqochon JCH-2026 pley-off bosqichi yo‘llanmasini naqd qilib bo‘lishgan va «I» guruhida birinchi o‘rin kimga nasib etishini o‘zaro hal qilishadi. Ikki turdan so‘ng har ikki jamoa hisobida oltitadan ochko mavjud.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring