«Yuventus» Brunu Fernandeshni sotib olishda qiyinchilikka duch kelishi mumkin
Tahririyat
•
•
1
«Yuventus» «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandeshga qiziqish bildirayotgan klublar qatoriga kiradi. Biroq TuttoJuve xabariga ko‘ra, turinliklar uchun bu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi.
Gap shundaki, «Manchester Yunayted» o‘z sardorini 50–60 million yevroga baholamoqda. «Yuventus» uchun esa bunday mablag‘ juda yuqori hisoblanadi.
CaughtOffside ma’lumotiga ko‘ra, Fernandeshga yana uchta klub — «Milan», «Atletiko» va «Galatasaroy» ham qiziqish bildirmoqda.
32 yoshli Brunu Fernandeshning «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi. Bitimda uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0