Chexiya murabbiyi: «Yamalga «Oltin to‘p»ni bergan bo‘lardim»
Tahririyat
•
•
4
Chexiya terma jamoasini boshqarayotgan ispaniyalik murabbiy Santi Deniya UYEFA Millatlar ligasida Ispaniyaga qarshi o‘yin oldidan «qizil furiya»ning 19 yoshli vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
«Men uning asosiy tarkibda maydonga tushishini istayman. Muxlislar stadionga Laminni ko‘rish uchun chipta sotib oladi. Biz eng kuchli futbolchilarga qarshi o‘ynashni xohlaymiz, Lamin esa — eng yaxshisi. Men «Oltin to‘p»ni unga bergan bo‘lardim», — dedi Deniya.
«Barselona» qanot hujumchisi o‘tgan mavsumda 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yamal La Liga chempioni bo‘ldi, shuningdek, Ispaniya kubogi hamda 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0