Fidbol.net

Koke MLS klubiga o‘tishi mumkin

Tahririyat 3
Koke MLS klubiga o‘tishi mumkin

Madridning «Atletiko» klubi 34 yoshli yarim himoyachisi Koke faoliyatini AQSHning «Atlanta Yunayted» klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda insayder Matteo Moretto xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Atlanta Yunayted» vakillari tajribali ispaniyalikni MLSga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish uchun juda qattiq harakat qilishmoqda. Mish-mishlarga qaraganda, ushbu bitimda yakuniy so‘z aynan futbolchining o‘ziniki bo‘ladi.

Koke 2011 yildan beri «Atletiko» safida to‘p surib kelmoqda. Ortda qolgan mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda jami 56 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt ekspertlari ispaniyalik futbolchining transfer qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring