Fidbol.net

"Bavariya" Laymerning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Tahririyat 9
"Bavariya" Laymerning kelajagi borasida bir qarorga keldi

Myunxenning "Bavariya" klubi yarim himoyachi Konrad Laymer bilan yangi mehnat shartnomasini imzolaydi. Bu haqda iMiaSanMia ijtimoiy tarmoq sahifasida xabar berildi.

"Laymer klub bilan yangi shartnoma imzolaydi", - deya myunxenliklar grandi kuzatuv kengashi a’zosi Uli Xyoness ushbu ma’lumotni tasdiqladi.

Laymer va "Bavariya" o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati keyingi yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Germaniya Bundesligasining yakunlangan mavsumida 29 yoshli avstriyalik yarim himoyachi 29 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Konrad o‘z hisobiga uchta gol va to‘qqizta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi, shuningdek, to‘qqizta sariq kartochka oldi.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring