Fidbol.net

Xoselu «Real»ga so‘nggi ikki mavsumda nima yetishmaganini aytdi

Tahririyat 2
Xoselu «Real»ga so‘nggi ikki mavsumda nima yetishmaganini aytdi

Madridning «Real» klubi sobiq hujumchisi Xoselu «qaymoqranglilar» yirik sovrinlarni qo‘lga kirita olmagan so‘nggi ikki mavsumda jamoaga aynan nima yetishmagani haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Menimcha, kiyinish xonasida iyerarxiyani o‘rnatish kerak. Hozir jamoada kim birinchi raqamli o‘yinchi ekanligi unchalik tushunarli emas. «Real»da doim birinchi raqam, kiyinish xonasida katta obro‘-e’tiborga ega insonlar bo‘lgan. Menimcha, ayni paytda aynan mana shu narsa yetishmayapti. Vinisius, Lunin va Valverde — juda yosh sardorlar. «Hoy, bo‘ldi, yetar» deya oladigan jasoratga ega tajribali futbolchilar kerak. Yakunda, kiyinish xonasida jiddiylik bo‘lishi lozim. Menimcha, «Real»ga aynan shu narsa yetishmadi», — dedi Xoselu «Bajo los Palos» podkastida.

Eslatib o‘tamiz, Xoselu «Real» safida 2023 yildan 2024 yilgacha to‘p surgan.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring