Runi: "Messining o‘zini bunday tutishini ko‘rish achinarli"
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi UYEyn Runi Jahon chempionati finalidan so‘ng Lionel Messini Kukurelyaga nisbatan qilgan ishini tanqid qildi.
Hodisa 93-daqiqada Argentina yarim himoyachisi Enzo Fernandes maydondan chetlatilganidan keyin sodir bo‘ldi. Pau Kubarsi tibbiy yordam olayotgan paytda, Kukurelya Messiga yaqinlashdi va og‘zini yopib nimadir dedi.
Messi darhol qo‘lini ko‘tardi va hakamdan ispaniyalikni maydondan chetlatishni talab qila boshladi. Kukurelya Messini to‘xtatishga harakat qildi. Oxir-oqibat, hakam Ispaniya himoyachisini maydondan chetlatmadi.

"Bu umidsizlikdan. Argentina shunday qo‘pol va provokasion o‘ynaydi, biz buni yaxshi bilamiz.
Maydonda futbolchilar o‘zlarini sportcha tartib-qoidalarga mos ravishda tutishlari kerak. Messining o‘zini bunday tutishini ko‘rish achinarli edi", dedi Angliya terma jamosining sobiq hujumchisi.
Manba: stadion.uz
Izohlar 0