Fidbol.net

«Roma» 18 yoshli Sangareni 4,5 million yevroga «Elche»ga sotdi

Tahririyat 1
«Roma» 18 yoshli Sangareni 4,5 million yevroga «Elche»ga sotdi

18 yoshli Buba Sangare doimiy asosda «Roma»dan «Elche»ga o‘tdi.

Ispaniya klubi ijara muddati tugaganidan so‘ng himoyachini sotib olish opsiyasini faollashtirdi. Sangare klub bilan 2031 yilning iyun oyigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Marca ma’lumotlariga ko‘ra, rimliklar ushbu transferdan 4,5 million yevro ishlab oladi va o‘yinchining kelajakdagi transfer qiymatidan 20 foiz ulushga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Sangare joriy yilning qishida «Roma»dan «Elche»ga ijara asosida o‘tgan edi. Mavsumning ikkinchi yarmida himoyachi klub safida 12 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring