Rio Ferdinand: "APLning yana bir medali shkafimdan joy oladi 👀"
Bugun "Manchester Siti" APLning moliyaviy qoidalari bilan bogʻliq deyarli barcha ayblovlar boʻyicha aybdor deb topilgani ma'lum boʻldi. Klub faqat bitta ayblov boʻyicha oqlangan.
Eslatib oʻtamiz, 2023 yil fevral oyida APL "Manchester Siti"ni 2009–2018 yillar oraligʻida moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagan edi. Keyinchalik The Times nashri ayblovlar soni aslida 130 ta ekanini ma'lum qilgan.
Ferdinand ijtimoiy tarmoqda: "APLning yana bir medali shkafimdan joy oladi 👀", — deb yozdi.
Shundan soʻng u hazilomuz tarzda: "Yana biri Joze Mourinyu uchun. Va Ole Sulsher uchun ham", — deya qoʻshimcha qildi.
Ferdinandning fikriga koʻra, "Manchester Siti"ga nisbatan chiqarilgan qaror avvalgi mavsumlardagi chempionliklar taqdiriga ham ta'sir qilishi mumkinligini ishora qilgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0