Fidbol.net

Kuchli beshlik sharhi: Ochko yoʻqotmayotgan “Siti” va “Barsa”, derbi “Atletiko”niki, qaytayotgan PSJ

Tahririyat 8
Kuchli beshlik sharhi: Ochko yoʻqotmayotgan “Siti” va “Barsa”, derbi “Atletiko”niki, qaytayotgan PSJ

Angliyada “Manchester Siti” hali ochko yoʻqotgani yoʻq, “Arsenal” va “Chelsi” esa bir xil — 0:3 hisobida yutqazdi. Ispaniyada “Atletiko” Madrid derbisida “Real”ni engdi, “Barselona” esa ketma-ket ettinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. 

Germaniyada “Bavariya” raqibiga ettita gol urdi, ammo birinchi oʻrin hamon Dortmundning “Borussiya”sida.

Angliya: “Siti” ochko yoʻqotmayapti, “Arsenal” va “Chelsi” yutqazdi

Moreska jamoasi “Sanderlend”ni gollarga boy oʻyinda 5:3 hisobida engdi va 15 ochko bilan birinchi oʻrinda qoldi.

“Arsenal” esa Braytonda kutilmagan magʻlubiyatga uchradi. Mikel Arteta jamoasi mezbonlarga javobsiz uchta gol oʻtkazib yubordi — 0:3. Bu “kanonirlar”ning mavsumdagi birinchi magʻlubiyati boʻldi. Endi ular “Siti”dan uch ochko ortda.

gettyimages-2295537423-2048x2048.jpg

“Chelsi”ning ham ishi yurishmadi. “Brentford” londonliklarni 3:0 hisobida engdi. “Manchester Yunayted” “Fulxem” bilan ochko boʻlishgan boʻlsa, “Liverpul” safarda “Bornmut”ni minimal hisobda magʻlub etdi.

5-tur natijalari:

  • “Brentford” 3:0 “Chelsi”

  • “Tottenxem” 2:3 “Aston Villa”

  • “Nyukasl” 2:1 “Xall”

  • “Everton” 1:0 “Ipsvich”

  • “Brayton” 3:0 “Arsenal”

  • “Nottingem Forest” 0:1 “Koventri”

  • “Manchester Siti” 5:3 “Sanderlend”

  • “Lids” 0:0 “Kristal Pelas”

  • “Bornmut” 0:1 “Liverpul”

  • “Fulxem” 1:1 “Manchester Yunayted”

Ispaniya: derbi “Atletiko”niki, “Barsa” hali ochko yoʻqotmadi

Turning asosiy oʻyini Madridda boʻldi. “Atletiko” oʻz maydonida “Real”ni 2:1 hisobida engdi. “Qaymoqranglilar” shu tariqa etti turda ikkinchi marta magʻlub boʻldi va 15 ochko bilan toʻrtinchi oʻrinda qoldi.

“Barselona” esa hozircha toʻxtamayapti. Kataloniyaliklar “Sevilya” mehmoni boʻlib, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi. Ettita oʻyin — ettita gʻalaba. “Barsa” 21 ochko bilan birinchi oʻrinda, jamoa shu vaqt ichida 31 ta gol urishga ham ulgurdi.

gettyimages-2296247830-2048x2048.jpg

Derbidagi gʻalaban soʻng “Atletiko”ning ochkolari 16 taga etdi. “Betis”da ham shuncha ochko bor, ammo sevilyaliklar bu turda “Deportivo” bilan 1:1 hisobida durang oʻynadi.

7-tur natijalari:

  • “Espanol” 1:3 “Elche”

  • “Osasuna” 1:1 “Rayo Valekano”

  • “Atletik” 0:0 “Alaves”

  • “Selta” 5:0 “Rasing”

  • “Sevilya” 1:3 “Barselona”

  • “Xetafe” 1:0 “Malaga”

  • “Atletiko” 2:1 “Real”

  • “Vilyarreal” 3:1 “Levante”

  • “Deportivo” 1:1 “Betis”

  • “Valensiya” 2:3 “Real Sosedad”

Italiya: birinchi oʻrin uchun uchta jamoa yonma-yon

A Seriyada besh turdan keyin “Roma”, “Inter” va “Latsio” 13 tadan ochko toʻplab turibdi. Toʻplar nisbati yaxshiroq boʻlgan “Roma” birinchi oʻrinda.

“Roma” bu turda “Inter”ni qabul qildi. Ikki bor darvoza ishgʻol qilingan qiziq oʻyin 2:2 hisobida yakunlandi. Natijada har ikki jamoa ham mavsumda hali magʻlub boʻlmaganlar safida qoldi.

gettyimages-2296382002-2048x2048.jpg

“Latsio” esa “Venetsiya”ni 2:0 hisobida engib, yuqoridagi ikki jamoaga etib oldi. “Milan” “Lechche”ni 3:0, “Yuventus” esa “Atalanta”ni 2:0 hisobida magʻlub etdi. “Rossoneri” ham besh turdan keyin hali yutqazgani yoʻq.

5-tur natijalari:

  • “Montsa” 2:1 “Sassuolo”

  • “Udineze” 0:1 “Kalyari”

  • “Bolonya” 1:1 “Torino”

  • “Roma” 2:2 “Inter”

  • “Venetsiya” 0:2 “Latsio”

  • “Fiorentina” 1:1 “Napoli”

  • “Parma” 2:1 “Jenoa”

  • “Frozinone” 2:0 “Komo”

  • “Yuventus” 2:0 “Atalanta”

  • “Milan” 3:0 “Lechche”

Germaniya: “Bavariya” ettita urdi, Dortmund esa ochko yoʻqotmayapti

“Bavariya” bu turda “Union”ni ayamadi — 7:0. Myunxenliklar toʻrt oʻyinda 14 ta gol urdi va 10 ochko bilan ikkinchi oʻrinda turibdi.

gettyimages-2296202379-2048x2048.jpg

Birinchi oʻrin esa Dortmundning “Borussiya”sida. Jamoa “Shtutgart” mehmoni boʻlib, 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Dortmundliklar hozirgacha oʻtkazgan toʻrtta oʻyinining barchasida yutib, 12 ochko jamgʻargan.

“Bayer” ham turni gʻalaba bilan yakunladi. Leverkuzenliklar “Leyptsig”ni 2:0 hisobida engdi. Myonxengladbaxda esa haqiqiy gollar yomgʻiri kuzatildi: “Maynts” “Borussiya”ni 4:3 hisobida magʻlub etdi.

4-tur natijalari:

  • “Bavariya” 7:0 “Union”

  • “Verder” 3:2 “Augsburg”

  • “Gamburg” 2:1 “Kyoln”

  • “Ayntraxt” 2:2 “Frayburg”

  • “Borussiya Myonxengladbax” 3:4 “Maynts”

  • “Shtutgart” 0:1 “Borussiya Dortmund”

  • “Bayer” 2:0 “Leyptsig”

  • “Shalke” 0:0 “Elversberg”

  • “Paderborn” 3:1 “Xoffenxaym”

Frantsiya: PSJ “Marsel”ni engdi, birinchi oʻrinda esa “Monako”

Frantsiyada turning asosiy oʻyini “Marsel” va PSJ oʻrtasida kechdi. Parijliklar safardan 2:1 hisobidagi gʻalaba bilan qaytdi. Shunga qaramay, PSJ besh turdan keyin 8 ochko bilan oltinchi oʻrinda turibdi.

gettyimages-2295910181-2048x2048.jpg

“Monako” esa “Lans”ni 2:1 hisobida engdi va 13 ochko bilan birinchi oʻrinni saqlab qoldi. “Lion” ham yaxshi ketyapti. Jamoa “Renn”ni 4:0 hisobida tor-mor qildi va 11 ochko bilan ikkinchi oʻrinda.

“Marsel” uchun esa mavsum boshi ogʻir kechmoqda. PSJga qarshi magʻlubiyat jamoaning besh turdagi toʻrtinchi magʻlubiyati boʻldi. Hozir marselliklar 3 ochko bilan 17-oʻrinda.

5-tur natijalari:

  • “Monako” 2:1 “Lans”

  • “Parij” 2:1 “Strasburg”

  • “Tuluza” 3:2 “Gavr”

  • “Lion” 4:0 “Renn”

  • “Le-Man” 2:1 “Loryan”

  • “Anje” 2:0 “Trua”

  • “Oser” 2:1 “Brest”

  • “Nitstsa” 2:1 “Lill”

  • “Marsel” 1:2 PSJ

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring