Fidbol.net

Tuxel 2022 yilda Ronalduning "Chelsi"ga oʻtishiga toʻsqinlik qilgan

Tahririyat 4
Tuxel 2022 yilda Ronalduning "Chelsi"ga oʻtishiga toʻsqinlik qilgan

Oʻsha vaqtda Ronaldu "Manchester Yunayted"ga ikkinchi qaytishi (2021–2023) davomida qiyin davrni boshidan kechirayotgan edi va bu qaytish yakunda omadsiz chiqdi. Hozirda 41 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi sharafini himoya qilmoqda.

"Chelsi"da qisqa vaqt sport direktori lavozimini egallagan amerikalik biznesmen Todd Bouli klub rahbariyatidagi ilk transfer oynasida Ronaldu bilan shartnoma imzolashga harakat qilgan. Bouli agent Jorje Mendesh bilan uchrashgan va bitim imkoniyatiga qiziqish bildirgan. Bouli Ronalduni Londonga olib kelish imkoniyatini koʻrgan, ammo bundan bir yil oldin Chempionlar ligasida gʻolib chiqqan Tuxel transferni toʻxtatib qolgan. Nashr ma'lumotlariga koʻra, germaniyalik mutaxassis "portugaliyalik hujumchining oʻtishi boʻyicha har qanday kelishuvga aniq va qayta-qayta qat'iy e'tiroz bildirgan".

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring