Samba: "Manchester Siti" safida bu tarzda debyut qilish — aql bovar qilmas tuygʻu"
17 yoshli angliyalik futbolchi ushbu bahsda dubl qayd etdi.
"Oʻyin arafasida, uchrashuv boshlanishidan sal oldin asosiy tarkibda ilk bor maydonga tushish imkoniyati boʻlishini bilardim. Shunday koʻrinishda debyut qilish — shunchaki aql bovar qilmas holat. Oʻzim ham bunga ishonolmadim, lekin bu faqat boshlanishi, oldinda meni katta faoliyat kutmoqda. Bu ajoyib debyut boʻldi. Hozir dunyoda mendan baxtliroq hech kim yoʻq. Kattalar futbolidagi ilk bahsingizni oʻtkazayotganda, barchasi koʻngildagidek boʻlishiga umid qilasiz. Temp, futbolchilarning saviyasi — hammasi ancha yuqori va siz bu darajaga mos boʻlishingiz, yuklamalarni koʻtara olishingiz shart. Menimcha, buni uddalay oldim.
Yoshlar jamoasidan asosiy tarkib mashgʻulotlariga oʻtish — katta qadam. Mashgʻulotlar ancha ogʻir, koʻproq yugurishga toʻgʻri keladi — sizdan koʻproq narsa talab etiladi va siz bunga dosh berishingiz kerak. Men asosiy tarkibning barcha oʻyinchilari bilan gaplashib chiqdim va ular menga juda yaxshi munosabatda boʻlishdi. Oʻyindan oldin esa ular menga maslahatlar berib: "Oʻz oʻyiningni koʻrsat, oʻzing boʻl", deyishdi. Bu soʻzlar menga ishonch bagʻishladi va bugungi ikkita golni urishimga yordam berdi.
Keyingi uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman. Hozir kuch toʻplash va dam olish zarur, keyin esa jamoa yana ishga qaytadi. Ertaga mashgʻulot, dam olish kunlari esa "Sanderlend"ga qarshi oʻyin. Hamma bu bahsga tayyor boʻlishi lozim", – deya Sambaning soʻzlarini keltiradi BBC.
Musobaqaning 1/8 finalida "Manchester Siti" avvalgi bosqichda "Manchester Yunayted"ni magʻlub etgan (3:2) "Brayton" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0