"Arsenal" Liga kubogi bahsida "Ipsvich"ni magʻlub etdi, 16 yoshli Doumen 2+1 natija koʻrsatdi
Tahririyat
•
•
4
Ipsvichdagi "Portman Roud" stadionida kechgan bahs londonliklarning 4:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Oʻyin boshida "Arsenal"ning 16 yoshli hujumchisi Maks Doumen hisobni ochdi. 16-daqiqada vinger Chukvunonso Madueke mehmonlarning ustunligini mustahkamladi. Ikkinchi taym boshida Doumen dubl muallifiga aylandi. 58-daqiqada esa Mikel Merino Maks Doumenning uzatmasidan soʻng londonliklarning toʻrtinchi golini kiritdi.
Angliya liga Kubogi
“Ipsvich” - “Arsenal” 2:4
Gollar: Mexmeti 62, Akpom 90+1 - Doumen 7, Madueke 16, Doumen 47, Merino.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0