Fidbol.net

"Lids Yunayted" APL 4-turi doirasida "Nyukasl Yunayted"ni yirik hisobda magʻlub etdi

Tahririyat 6
"Lids Yunayted" APL 4-turi doirasida "Nyukasl Yunayted"ni yirik hisobda magʻlub etdi

Mezbonlar 4:1 hisobida ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritishdi.

32-daqiqada "Nyukasl" yarim himoyachisi Lyuis Mayli oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi. Oradan ikki daqiqa oʻtib, Djeyden Bogl "Lids"ning ustunligini oshirdi. Mehmonlar darvozasiga uchinchi golni 45+1-daqiqada hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin kiritdi. 59-daqiqada forvard Noa Okafor hisobni 4:0 koʻrinishiga keltirdi. 90-daqiqada esa "Nyukasl" yarim himoyachisi Bazumana Ture bitta javob toʻpini kiritdi.

APL, 4-tur

“Lids” - “Nyukasl” 4:1
Gollar:
Mayli 32 (avtogol), Bogl 34, Kalvert-Lyuin 45+1, Okafor 59 - Ture 90.

Angliya chempionatining toʻrtta oʻyinidan soʻng "Lids Yunayted" 8 ochko jamgʻarib, APL turnir jadvalida uchinchi oʻrinni egallab turibdi. "Nyukasl Yunayted" esa 5 ochko bilan 12-qatorda bormoqda.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring