Todd Boeli "Chelsi"ni tark etishini e'lon qildi
Xansyorg Viss egalik tuzilmasida muhim aktsiyador va hamkor boʻlib qoladi.
"Chelsi" futbol klubi boshqaruvi raisi lavozimini egallash men uchun sharaf boʻldi. Klubning porloq kelajagini ta'minlashda yordam bergan barchaga, jumladan, Angliya Premer-ligasi, murabbiylar va futbolchilar, "Chelsi"ning iste'dodli rahbarlari va xodimlari, shuningdek, koʻplab sodiq muxlislarga minnatdorlik bildirmoqchiman.
Men Clearlake va boshqa mulkdorlar bilan hamkorlikni, shuningdek, klubning qisqa va uzoq muddatli muvaffaqiyatiga qaratilgan birgalikdagi qarorlar hamda investitsiyalarni yuqori baholadim. Ishonchim komilki, Clearlake rahbarligi ostida "Chelsi" yanada yuksak muvaffaqiyatlarga erishish uchun barcha imkoniyatlarga ega", – dedi Boeli.
Klub "Chelsi"ning kundalik faoliyati, rahbariyati va strategik yoʻnalishida hech qanday oʻzgarishlar boʻlmasligini alohida ta'kidladi.
Boeli va Uolter 2022 yilda "Chelsi"ni rossiyalik tadbirkor Roman Abramovichdan sotib olgan investorlar guruhiga kirgan edi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0