Fidbol.net

Barkolya APLda mavsumning eng yuqori tezligini qayd etdi

Tahririyat • • 3
Barkolya APLda mavsumning eng yuqori tezligini qayd etdi

Frantsiyalik futbolchi maksimal 35,9 km/soat tezlikda harakatlangan.

Bu koʻrsatkich Premer-ligada mavsumdagi eng yaxshi natija boʻlib turibdi. Ikkinchi oʻrinda "Manchester Yunayted" futbolchisi Brayan Mbemo — 35,4 km/soat.

Top-10dan Gonsalo Garsiya ("Fulxem"), Milan van Eveyk ("Koventri"), Pedru Netu ("Chelsi") va Robino Vas ("Xall") — 35,3 km/soat bilan joy olgan. Jeykob Merfi ("Nyukasl"), Kristoffer Ayer ("Brentford"), Matias Fernandes Pardo ("Nyukasl") va Rayan Rosha ("Bornmut") esa 35,1 km/soat natija qayd etgan.

Maydon futbolchilari orasida eng past maksimal tezlik "Tottenxem" himoyachisi Tosin Adarabioyoga tegishli — 21,4 km/soat. Undan faqat uch nafar darvozabon sekinroq natija qayd etgan.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov 34,2 km/soat tezlik bilan 39-oʻrinni egallagan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring