Morgan Rojers: "Menga Ronaldu koʻproq yoqadi, ammo 39 yoshli Messiga qarshi turish deyarli imkonsiz edi"
Tahririyat
•
•
4
"Shaxsan menga Ronaldu koʻproq yoqadi. Ammo Jahon chempionati yarim finalida 39 yoshli Messiga qarshi oʻynadim va bu juda qiyin boʻldi. U faoliyatining eng yuqori choʻqqisida qanday boʻlganini tasavvur qilish ham qiyin.
Menimcha, eng yaxshi paytlarida unga qarshi umuman chora topish qiyin boʻlgan. Oʻsha uchrashuvda unga qarshi turish deyarli imkonsiz edi — axir u 39 yoshda edi!" — dedi Rojers "Chelsi" klubi kanalidagi CFC Unlocked dasturida.
2026 yilgi Jahon chempionati yarim finalida Angliya Argentinaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan. Messi uchrashuvning soʻnggi daqiqalarida Entso Fernandes va Lautaro Martinesning gollariga ikkita golli uzatma bergan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0