Reshford “Barselona”ga murojaat qildi: “Bu unutilmas tajriba boʻldi. Har lahzadan zavq oldim”
Tahririyat
•
•
3
“Manchester Yunayted” 28 yoshli angliyalik futbolchi oʻtgan mavsum ijara huquqi asosida kataloniyaliklar sharafini himoya qilgandi.
“Bu erdagi vaqtim shunchalik yorqin va unutilmas tajribaga aylangani uchun klubdagi har bir insondan cheksiz minnatdorman. Har lahzadan zavq oldim va ushbu ajoyib xotiralarni bir umrga saqlab qolaman.
Klubga va barcha muxlislarga ushbu mavsumda omad va ulkan zafarlar tilayman.
Olgʻa, “Barsa”!”, – deb yozdi Reshford ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
“Barselona” safida oʻtkazgan 49 oʻyinida Reshford 14 ta gol urib, 14 ta assistni oʻz hisobiga yozib qoʻydi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0