«Real»ning 2026/27 yilgi mavsum uchun asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi
«Real»ga yaqinligi bilan tanilgan jurnalist Arancha Rodriges jamoaning mavsum boshidagi taxminiy asosiy tarkibi qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi, deb yozmoqda Sports.kz.
«Menimcha, “Real” yangi mavsumni 4-2-3-1 sxemasi bo‘yicha boshlaydi: Kurtua — Kukurelya, Konate, Ryudiger, Aleksander-Arnold — Silva, Valverde — Vinisius, Bellingem, Diomande — Mbappe», — deb yozdi Rodriges ijtimoiy tarmoqda.
Birinchi rasmiy o‘yinni «Real» 2026/27 yilgi mavsumda 22 avgustdan 23 avgustga o‘tar kechasi o‘tkazadi. Madridliklar Ispaniya chempionati 1-turida safarda «Espanyol»ga qarshi maydonga tushadi.
Shundan so‘ng sentyabr oyiga qadar Joze Mourinyo shogirdlari La Ligada o‘z maydonida ikki uchrashuv o‘tkazadi — «Real Sosyedad» va «Malaga»ga qarshi.

Manba: stadion.uz
Izohlar 0