Fidbol.net

«Real» vingeri Rodrigoning jarohatdan so‘ng maydonga qaytish muddati ma’lum bo‘ldi

Tahririyat 6
«Real» vingeri Rodrigoning jarohatdan so‘ng maydonga qaytish muddati ma’lum bo‘ldi

«Real» vingeri Rodrigo o‘ng tizzasidagi old xochsimon paylarning uzilishi va lateral menisk shikastlanishidan so‘ng tiklanish jarayonini davom ettirmoqda.

Diario AS nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi jarrohlik amaliyotidan so‘ng 2027 yilning boshida maydonga qaytishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, futbolchi mart oyida Ispaniya chempionati doirasida «Xetafe»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.

Rodrigo 2019 yilda «Santos»dan 45 million yevro evaziga «Real»ga o‘tgan edi. Uning madridliklar bilan tuzgan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. 2025/26 yilgi mavsumda vinger «qirollik klubi» safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Rodrigoning transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring