"Real" va Adidas shartnomani 2034 yilgacha uzaytirdi
Madrid klubining brend bilan yangi bitimi 2034 yilgacha amal qiladi.
"Real" Madrid va Adidas jahon futbolidagi eng muvaffaqiyatli hamkorlikni yana 8 yilga uzaytirilganini e'lon qiladi.
1980 yilda ilk bor rasman rasmiylashtirilgan bu aloqa klubimizni Evropa futbolining mutlaq etakchisiga aylantirdi va uch chiziqli libosda 8 ta Chempionlar ligasi titulini qoʻlga kiritdi.
35 yildan ortiq hamkorlik tajribasi davomida bu ittifoq "Real" tarixi, madaniyati va muxlislariga hurmat bajo keltiradigan dizayn bilan ajralib turdi. Zidan, Kroos, Bekxem va Bellingem kabi oʻyinchilar maydonda kiygan yuqori sifatli ekipirovkadan tortib, muxlislarga oʻz qoʻllab-quvvatlashlarini hayotning barcha jabhalarida namoyish etish imkonini beruvchi kiyimlargacha", – deyiladi "Real" xabarida.
Manba: championat.asia
Izohlar 0