Mourinyuning "Real"dagi taqdimoti iyul oyida boʻlib oʻtadi
Tahririyat
•
•
1
Jurnalist Arancha Rodrigesning ma'lum qilishicha, Madrid klubi Mourinyuni iyul oyida matbuot va muxlislarga tanishtirishni rejalashtirmoqda. Bu ma'lumotni insayder Fabritsio Romano ham tasdiqladi.
Kecha kechqurun Mourinyu "Real" rahbariyati bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda klub strategiyasi va ayrim futbolchilar masalasi muhokama qilingan.
"Benfika"dan 15 million evro evaziga kelayotgan Mourinyu faoliyatida ikkinchi marta "Real"ni boshqaradi. U 2010–2013 yillarda ham Madrid klubini boshqarib, Ispaniya chempionati, Ispaniya Kubogi va Ispaniya Superkubogida gʻolib chiqqan.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0