Florentino Peres "Real" haqida: "Hech kim mendan koʻproq gʻalaba qozonmagan"
"Mendan koʻproq hech kim gʻalaba qozonmagan. Men dunyodagi eng yaxshi futbolchilarni olib kelaman va buni kelajakda ham davom ettiraman. "Real" klubini boshqarish uchun, eng avvalo, klub a'zolariga yolgʻon gapirmaslik kerak.
Soʻnggi kunlarda sizlar bilan koʻp muloqot qildim, koʻplab taklif va gʻoyalarni eshitdim. Biz klubni yanada rivojlantirish ustida ishlaymiz va alohida e'tiborni abonementi yoʻq klub a'zolariga qaratamiz. Men bor kuchim bilan ishlashda davom etaman.
Biz klubni tubdan oʻzgartirdik va uni dunyodagi eng daromadli hamda eng qimmat klubga aylantirdik. Aytishlaricha, moliyaviy koʻrsatkichlarimiz yomon emish. Bu paytda esa Forbes bizni daromad va qiymat boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda deb e'tirof etmoqda. Xoʻsh, bunday gaplarni aytayotganlarga omadsizlar emasmi? Ular feyk xabarlar boʻyicha mutaxassislar.
Bu mavzu tarixga kiradi, chunki ayrim jurnalistlar va OAVlarning tutgan oʻrni shunga arziydi. Ularning yolgʻonga qurilgan nomzod bilan hamkorligi barcha chegaralardan oʻtib ketdi. Klubni beqarorlashtirishga qaratilgan aynan shu kampaniya mening prezidentlik saylovlarini tayinlashimga sabab boʻldi", — dedi Peres.
Manba: championat.asia
Izohlar 0