Roberto Karlos bir paytlar Madriddagi emakxonalardan birida Ronaldu bilan burger egani haqida gapirib berdi
"Real Madrid"da Ronaldu bilan bitta xonada yashaganmiz. Bir kuni tunda juda zerikdik va mashgʻulotlar markazidan yashirincha chiqib, Madrid koʻchalaridan biridagi oddiygina tez ovqatlanish emakxonasiga kirdik. Egnimizda sport kiyimi edi va bizni hech kim tanimaydi deb oʻylagandik. Lekin, ichkarida oʻtirgan 10 kishi bizni koʻrib hayratdan qotib qolishdi. Ronaldu koʻzlarini ham qirmirlatmay shunday dedi: "Biz shunchaki ochmiz, iltimos, bizga burgerlarimizni tinchgina eb olishimizga imkon bering va bu narsa sir boʻlib qolsin". Oʻsha kecha oʻsha 10 kishi bilan birga burger edik va ertalabki soat 4 gacha futbol haqida gaplashib oʻtirdik. Keyingi kun esa dunyoning eng professional oʻyinchilaridek maydonga tushib oʻyinda gʻalaba qozonganmiz".
Manba: championat.asia
Izohlar 0