"Real" hujumchisi Italiya sari yoʻl olishi mumkin
"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga koʻra, "Komo" klubi 22 yoshli futbolchi xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
"Komo" Garsiyani Niko Pas transferidagi kabi shartlar asosida sotib olishi mumkin. Bunda "Real" futbolchini keyinchalik nisbatan arzon narxda qayta sotib olish huquqini saqlab qoladi. Shuningdek, hujumchi ijara asosida ham jalb qilinishi mumkin, bunda keyinchalik sotib olish bandi futbolchining yangi mavsumdagi sermahsulligiga bogʻliq boʻladi.
Oʻtgan mavsumda Gonsalo Garsiya barcha turnirlar doirasida 39 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol va 3 ta golli uzatma muallifi boʻldi.
Futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt uni 30 million evroga baholagan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0