Florentino Peres "Real" prezidenti saylovida gʻalaba qozondi
Tahririyat
•
•
2
79 yoshli funktsioner 64,1 foiz ovoz bilan raqibi Enrike Rikelmeni ortda qoldirdi va 2030 yilgacha klubni boshqarishda davom etadi.
Avvalroq Peres saylovda gʻalaba qozongan taqdirda Joze Mourinyu "Real" murabbiyi boʻlishi mumkinligi xabar qilingandi. Shuningdek, qayta saylangan prezident "Liverpul"dan Ibraima Konate va "Inter"dan Denzel Dyumfris bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Boshqaruvchi bu lavozimni ketma-ket sakkizinchi marta egallaydi.
"Real" Ispaniya chempionatining oʻtgan mavsumida ikkinchi oʻrinni egalladi. Jamoa turnir gʻolibi "Barselona"dan sakkiz ochko ortda qoldi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0