Bunaqasini eshitmagansiz! La Liga klubi egalari oʻz jamoasi quyi ligaga tushib ketishi uchun 1,1 mln. dollar tikkan ekan
Klubning ma'lum qilishicha, ular "Howden" kompaniyasida quyi ligaga tushib ketish holati uchun sugʻurta himoyasini rasmiylashtirgan. Polis narxi 1,3 million evroni tashkil etgan, Segundaga tushib ketilgan taqdirda esa potentsial toʻlov 6 million evroga etishi mumkin edi.
Moliyaviy xatarlarni xedjirlash uchun kompaniya "Kalshi" prognozlar birjasida "Osasuna"ning Segundaga tushib ketishiga 1,1 million dollar miqdorida garov tikdi. Klub rahbariyati La Liga mutasaddilari bitimning barcha tafsilotlaridan xabardor boʻlganini bildirdi.
Yakunda soʻnggi turda "Osasuna" safarda "Xetafe"ga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi, ammo "Elche" bilan bahsda (1:1) uch ochkoni qoʻlga kirita olmagan "Jirona"ning omadi kelmagani sababli La Ligadagi oʻrnini saqlab qoldi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0