Fidbol.net

Mbappe: "Zidan meni "Real"ga olib borgan edi, endi esa u terma jamoadagi murabbiyim — xuddi kinodagidek"

Tahririyat 1
Mbappe: "Zidan meni "Real"ga olib borgan edi, endi esa u terma jamoadagi murabbiyim — xuddi kinodagidek"

"Yangi murabbiy bilan yangi bosqich boshlanmoqda. Oldinda Millatlar ligasi — toʻrtta oʻyin bor, ular qanday oʻtishini koʻramiz. Bu hamma uchun yangi tajriba boʻladi, chunki shu paytgacha biz faqat Deshamni bilar edik. Bizni oʻzgarishlar kutmoqda, ammo oʻylashimcha, hammasi juda yaxshi kechadi.

Zidan meni “Real”ga — mashgʻulot bazasiga olib borgan edi, oʻshanda 13 yoki 14 yoshda edim. Juda koʻp vaqt oʻtdi. Endi esa u milliy terma jamoam murabbiyi. Bu xuddi film syujetiga oʻxshaydi, ammo hammasi haqiqiy va eng yuqori darajada.

Frantsiya terma jamoasi bilan yangi bosqichga qadam qoʻydik: Evropa chempionatiga tayyorgarlik koʻrish uchun bizda ikki yil bor va ayni paytda aynan shuning ustida ishlamoqdamiz", — dedi Mbappe.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring