Madrid derbisini tarixda ilk bor madridlik hakam boshqaradi
Migel Anxel Ortis Arias — madrid derbisi tarixida Ispaniya poytaxtida tavallud topgan birinchi referi boʻldi.
Hakamlar brigadasi La Liganing 7-turidan oʻrin olgan "Atletiko" va "Real" oʻrtasidagi uchrashuvga tayinlandi.
Ortis Arias uchun bu Ispaniya chempionatidagi ettinchi mavsumdir. Oʻtgan yili Fran Sotoning qarori bilan hududiy cheklov qoidasidan istisno qilingan holda yaratilgan edi. Unga koʻra, odatda hakamlar oʻz hududlari vakillari ishtirokidagi oʻyinlarni boshqarishmaydi. Ammo u asli madridlik boʻlishiga qaramay, "Rayo Valekano" – "Xetafe" bahsida hakamlik qilgan.
Ushbu qadam boshqa referilar uchun ham shu kabi tayinlovlarga yoʻl ochdi. Shunga qaramay, amaldagi qoidalar hakamga faqat oʻzi tugʻilgan muxtor viloyat jamoalari oʻrtasidagi oʻyinlarda ishlashga ruxsat beradi. Bir hududlik hakamning boshqa muxtor viloyat jamoalari ishtirokidagi oʻyinga tayinlanish imkoniyati hozircha koʻzda tutilmagan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0