Mbappe Diomande haqida: "U oʻziga nega 140 million evro toʻlanganini isbotlab qoʻydi"
"Real" 19 yoshli vinger bilan shartnoma imzolanganini 6 avgust kuni e'lon qilgandi. OAV ma'lumotlariga koʻra, Madrid klubi Kot-d’Ivuar terma jamoasi a'zosi uchun 125 million evro hamda 15 million evro bonus toʻlagan va bu "Real" tarixidagi eng qimmat rekord transferga aylangan.
"Uning iste'dodini oʻzingiz ham koʻrib turibsiz. Biz uni himoya qilishga harakat qilamiz. Oʻyinlar davomida uning 140 million evrolik transfer summasi haqida koʻp gapirishadi. U esa nega oʻziga buncha pul toʻlanganini allaqachon isbotlab qoʻydi", – deya Mbappening soʻzlarini keltirdi AS nashri.
Ispaniya chempionatining 6-turida "Elche"ga qarshi kechgan bahsda (3:2) Diomande golli uzatmani amalga oshirdi. Bu uning "qaymoqranglilar" safidagi ilk samarali harakati boʻldi.
"Real" 15 ochko bilan La Liga turnir jadvalida 2-oʻrinni egallab turibdi. 1-pogʻonada esa "Barselona" (18 ochko) bormoqda. 20 sentyabr kuni "qaymoqranglilar" Ispaniya chempionatining 7-turi doirasida safarda "Atletiko" bilan toʻqnash keladi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0