Fidbol.net

Kurtua: "Yana 5-6 yil futbol oʻynashni istayman"

Tahririyat 5
Kurtua: "Yana 5-6 yil futbol oʻynashni istayman"

Avvalroq 34 yoshli belgiyalik darvozabon "qaymoqranglilar" bilan shartnomasini 2028 yilning yoziga qadar uzaytirish boʻyicha kelishuvga erishgani xabar qilingandi. Uning Madrid klubi bilan amaldagi bitimi 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha moʻljallangan.

"Yana 5-6 yil futbol oʻynashni xohlayman. Keyin esa akademiya tashkil etib, oʻzimga oʻxshagan darvozabonlarni tarbiyalashni istardim", – deya Kurtuaning soʻzlarini keltiradi insayder Fabritsio Romano.

Belgiyalik darvozabon "Real" safiga 2018 yilning yozida oʻtgan. Madrid klubi bilan birgalikda u uch bor Ispaniya chempioni boʻldi, ikki marta Chempionlar Ligasida gʻolib chiqdi, uch martadan Ispaniya Superkubogi hamda UEFA Superkubogini, shuningdek, bir martadan Ispaniya Kubogi, klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati va Qit'alararo kubogini qoʻlga kiritdi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring