Fidbol.net

"Hech kimga zerikarli boʻlmadi". Mourinyu "Real"ning La Liga autsayderi ustidan qozongan qiyin gʻalabasi haqida gapirdi

Tahririyat 4
"Hech kimga zerikarli boʻlmadi". Mourinyu "Real"ning La Liga autsayderi ustidan qozongan qiyin gʻalabasi haqida gapirdi

"Qaymoqranglilar" ushbu oʻyinda 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi.

"Shunday oʻyinlar boʻladiki, ular tugagandek tuyuladi va haqiqatan ham shunday boʻladi. Shunday oʻyinlar ham boʻladiki, bizda barcha masalani hal qilish uchun imkoniyatlar boʻladi, lekin biz ulardan foydalanmaymiz va xotirjam nazorat oʻrniga uni yoʻqotamiz. Siz gol urmaysiz-u, sizga javob qaytarishadigan vaziyat yuzaga keladi — oʻyin ochilib ketadi.

Ijobiy tomoni shundaki, ochko yoʻqotish xavfi tufayli bosim ostida qolgan jamoa munosabat bildiradi va gʻalabani qoʻlga kiritadi, eng muhimi ham shu. "Real" oʻyinlarida hech kimga zerikarli boʻlmaydi, chunki ular juda koʻngilochar kechadi", — dedi Mourinyuning soʻzlarini Marca nashri.

Eslatib oʻtamiz, uchrashuv davomida Madrid jamoasi ikki toʻplik ustunlikni boy berib qoʻydi, ammo 91-daqiqada urilgan gol evaziga gʻalabani ilib ketdi. La Liganing oltita oʻyinidan soʻng "Real" 15 ochko jamgʻarib, ikkinchi oʻrinda bormoqda. "Elche" ikki ochko jamgʻarib, 20-pogʻonada joylashgan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring