Fidbol.net

Mourinyu jurnalistlarga: "Penaltilar haqida savollar yoʻqmi? Juda gʻalati"

Tahririyat 10
Mourinyu jurnalistlarga: "Penaltilar haqida savollar yoʻqmi? Juda gʻalati"

— Biz rotatsiya haqida gaplashdik. Hujumdagi uchlikdan kimdir oʻyinni zaxiradan boshlashi mumkin deb oʻylash aqldan ozganlik emasmi? Ularning yuklamani taqsimlay olishiga ishonasizmi yoki toʻplanib qolgan charchoq sizni tashvishga solyaptimi?
— Men futbolchilarga va ularning oʻz tanalarini his qilishiga ishonaman. Bugun muhim kun. Oʻyinlar oraligʻida atigi ikki kunimiz bor, shuning uchun futbolchilarning holatini baholash, tibbiyot shtabi fikrini tinglash, mashgʻulot ma'lumotlarini oʻrganib chiqish va shundan keyingina — bugun kechqurun yoki ertaga qaror qabul qilish juda muhim. Lekin imkoniyat boʻlsa va hech qanday kutilmagan holatlar yuz bermasa, ertaga ham ularni yana maydonga tushiraman, — dedi Joze oxirgi savolga javob berar ekan.

Shundan soʻng portugaliyalik mutaxassis oʻrnidan tura turib shunday dedi: "Penaltilar boʻyicha hech qanday savollar yoʻqmi? Yoʻqmi? Juda gʻalati, shunday emasmi?"

Eslatib oʻtamiz, 5-turda "Real" "Rayo Valekano"ni magʻlub etgan (4:1) va oʻyinning 14-daqiqasida hujumchi Kilian Mbappe penaltidan hisobni ochgan edi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring