"Men 10 ta almashtirishni amalga oshira olmayman". Mourinyu — "Real"ning "Rayo Valekano" ustidan qozongan gʻalabasi haqida
"Gʻalaba muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, chempionatdagi oxirgi oʻyindagi magʻlubiyatdan soʻng. Ikkinchi boʻlimda yorqin oʻyin koʻrsata olmagan boʻlsak-da, oʻyin taqdirini birinchi boʻlimdayoq hal qildik. Gap nafaqat jismoniy, balki psixologik tayyorgarlikda ham. Ba'zi oʻyinchilarni almashtirib, yarim himoyada barqarorlikni ta'minlab, bunga erishdik. Futbolchilar mening hurmatim va qarsaklarimga loyiqdirlar.
Biz koʻp gol uryapmiz, lekin koʻp imkoniyatlarni ham boy beryapmiz. Biz toʻpni nazorat qiladigan, toʻpni shiddat bilan tortib oladigan va tezlashadigan jamoamiz. Gʻalabadan xursandman.
Djud, Dumfris, Konate oʻyinni qanday yakunlaganini koʻrdingiz… Men 10 ta almashtirishni amalga oshira olmayman. Valverdening almashtirilishi ehtiyot chorasi edi. Uning axill paylarida muammo bor edi va biz buni bartaraf etishimiz kerak edi. Shiddatli oʻyindan uch kun oʻtib, biz gʻalaba qozondik", — dedi Mourinyuning soʻzlarini AS nashri.
Manba: championat.asia
Izohlar 0