Mourinyu Mbappeni himoya qildi: "40 ta gol uradigan futbolchi jamoa uchun muammo emas"
"Men Vinisius haqida aytgan maqolimni Mbappega nisbatan ham qoʻllayman: u — mevalarga burkangan daraxt. 40 ta gol uradigan futbolchi jamoa uchun muammo emas", — dedi Mourinyu.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, ayrim insonlar futbol haqida gapirsa-da, uni yaxshi tushunmaydi. Boshqalari esa futbolni yaxshi bilishiga qaramay, vaziyatni salbiy tomondan yoritishni afzal koʻradi.
"Men soʻnggi daqiqalarda jamoa 10 kishi boʻlib qolganida qanday himoyalanganini koʻrdim. Kilian ham, Kukurelya ham juda charchagan edi. Murabbiy sifatida men uchun bunday munosabat va fidoyilik katta quvonch", — dedi u.
Mourinyu jamoa hujumda ham etarlicha imkoniyat yaratayotganini ta'kidladi: "Bizga toʻrtta gol urishlari mumkin edi, ammo oʻzimiz sakkizta gol urishimiz ham mumkin edi. Nega bu haqda gapirishmaydi? Biz gʻalaba qozonganimizdan xursand emaslarmi?"
"Biz birdammiz. “Betis” bilan oʻyinda ochko yoʻqotdik, ammo sadoqatimiz va oʻzini fido qilishimiz oʻzgarmaydi. Odamlarni xursand qilish uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz", — deya yakunladi Mourinyu.
Manba: championat.asia
Izohlar 0