Lautaro EChL oʻyini haqida: "Biz “Real” bilan raqobatlasha olishimizni bilamiz”
– Tiklanish uchun vaqtimiz kam edi ["Napoli" bilan oʻyindan soʻng], ammo biz ushbu nufuzli musobaqadagi startga tayyormiz. Muhim stadionda munosib raqibga qarshi ajoyib oʻyinga tayyormiz. Maqsad — natijaga erishish.
– "Real" – kuchli jamoa. Ammo soʻnggi yillardagi EChLdagi ishtirokingizni hisobga olgan holda, teng imkoniyatlar bilan start olayotganingizni his qilyapsizmi? – Ha, biz bir necha yilni yuqori darajada oʻtkazdik, uch marta finalga chiqdik (2020 yildan beri ikki marta EChLda va bir marta ELda) va oʻsayotganimizni uzluksiz koʻrsatib keldik.
"Real"da juda kuchli oʻyinchilar bor, ammo bizning ham oʻz kuchli tomonlarimiz mavjud. Va biz ular bilan raqobatlasha olishimizni bilamiz.
– Sizning sovrinlaringiz orasida Chempionlar ligasi kubogi yoʻq. Bu haqda orzu qilasizmi? Bu siz uchun alohida motivatsiyami? – Har yili men oʻz oldimga turli xil maqsadlarni qoʻyaman — Italiya Kubogi va Superkubogidan tortib, chempionat va Chempionlar ligasigacha, chunki katta klubda barcha mumkin boʻlgan sovrinlarni yutish uchun oʻynaysan.
Ertaga esa intilish kerak boʻlgan yangi maqsad sari yoʻl boshlanadi, – dedi Argentina terma jamoasining 29 yoshli hujumchisi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0