Deku Alvares haqida: "Barsa" toʻgʻri harakat qildi, biz undan ketish istagini bildirishni soʻramaganmiz"
"Atletiko" hujumchisi shu yozda Madrid klubini tark etib, kataloniyaliklar safiga qoʻshilish istagini bildirgandi. "Matraschilar" argentinalik futbolchini "koʻk-anorranglilar"ga sotishdan bosh tortdi va ularni noetiklik va noprofessionalizmda aybladi.
Alvares bilan bogʻliq vaziyat haqida "Biz toʻgʻri harakat qildik. Biz taklif yubordik, ammo javob boʻlmadi. Keyinchalik bularning barchasi matbuotda muhokama qilindi. Gap shundaki, ular futbolchini sotishni xohlashmadi. Voqelik shunday va bunga yopishib olishdan ma'no yoʻq. Biz hech qachon undan "Atletiko"dan ketish istagini bildirishni soʻramaganmiz".
"Atletiko"ning ayblovlari haqida "Qoʻshimcha qiladigan hech narsam yoʻq. Biz taklif qildik. Men qandaydir xususiy kelishuvlarning tafsilotlaridan xabardor emasman. Esimda, oʻzim "Barsa"ga oʻtmoqchi boʻlganimda, Pintu da Koshta mendan yana bir yil qolishni soʻragan va keyingi mavsumda oʻzim xohlagan joyga qoʻyib yuborishni va'da qilgan edi. Keyingi yili "Portu"da foydaliroq takliflar boʻlishiga qaramay, men "Barsa"ga oʻtdim. Xulian borasida esa biz futbolchini sotib olishga harakat qildik, lekin chiqmadi. Hammasi shu. Biz hech qanday noma'qul ish qilmadik".
Xulian boʻyicha taklif haqida "U shunday tarzda tuzilgan ediki, toʻlovlar olti yil emas, uch mavsum davomida amalga oshirilishi kerak edi. Mening ["Atletiko" direktori] Mateu Alemaniga hech qanday e'tirozim yoʻq, men unga hech qachon yomonlik qilmaganman. Biz birgalikda "Barsa"da ishlaganmiz va hech qanday muammo yuzaga kelmagan", – dedi Deku.
Manba: championat.asia
Izohlar 0