La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi e'lon qilindi
Tahririyat
•
•
2
Braziliyalik futbolchi oʻtgan oyda La Liganing 3 ta uchrashuvida 5 ta gol urdi. U "Elche" (5:0) va "Rayo Valekano" (5:2) bilan oʻyinlarda dubl qayd etgan boʻlsa, "Atletik" (2:0)ga qarshi bahsda yana bir marta raqib darvozasini ishgʻol qildi.
Ovoz berish jarayonida Rafinya "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem, "Atletiko" vakili Aleks Baena, "Deportivo" hujumchisi Per-Emerik Obameyang va "Alaves" futbolchisi Nauel Tenalyani ortda qoldirdi.
Shu tariqa Rafinya mavsumning ilk oyini yuqori darajada oʻtkazib, La Liganing avgust oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovriniga ega chiqdi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0