Boshqalarga oʻrnak. "Real"ning eng tartibli futbolchisi kim?
“The Touchline” nashri ma'lumotlariga koʻra, angliyalik yarim himoyachi har kuni asosiy mashgʻulotlar yakunlangach, klubning mashgʻulot bazasida qolib ishlashda davom etadi.
Xabarda aytilishicha, Bellingem kunlik rejimni qat'iy saqlagan holda, qoʻshimcha vaqtdan tiklanish muolajalari hamda trenajyor zalidagi mashgʻulotlar uchun foydalanadi. Angliyalik futbolchining bunday yondashuvi professionalizm va intizom bobida uni "Real" kiyinish xonasida boshqalardan ajratib turadi.

23 yoshli oʻyinchi Joze Mourinyu jamoasidagi asosiy figuralardan biri boʻlib qolmoqda. U ushbu mavsumda "Real"ning 7 ta rasmiy uchrashuvidan 6 tasida asosiy tarkibda maydonga tushdi. Klub undan ham yarim himoyada, ham hujumchilar ortidagi hujumkor pozitsiyada unumli foydalanmoqda.
Ta'kidlash joizki, Bellingem joriy mavsum "Real Madrid" safida 7 ta oʻyinda qatnashib, 3 ta toʻp kiritdi va 2 ta golli pas uzatdi. Faqatgina La Liganing oʻzida u madridliklarning barcha 6 ta bahsida ishtirok etib, 5 tasida boshlangʻich tarkibda maydonga tushdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0