Fidbol.net

Dani Olmo qishda jamoasini oʻzgartirishi mumkin

Tahririyat • • 2
Dani Olmo qishda jamoasini oʻzgartirishi mumkin

Myunxen klubi Jamal Musiala va Maykl Olisega boshqa jamoalarning qiziqishi kuchayib borayotgani sababli hujumkor yarim himoya chizigʻini kuchaytirish variantini oʻrganmoqda.

"Bavariya" Olmoga u "Leyptsig"da oʻynagan davridanoq qiziqib kelgan. Ispaniyalik futbolchi "Barselona"ga oʻtganidan keyin ham myunxenliklar uning faoliyatini kuzatishda davom etgan.

28 yoshli futbolchining taxminiy transfer qiymati 70 million evro atrofida baholanmoqda. Olmo joriy mavsumda La Liganing 7 ta uchrashuvida maydonga tushib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring