«Real» Deklan Raysga qiziqish bildirmoqda
Tahririyat
•
•
17
Madridning «Real» klubi kelajakda «Arsenal» yarim himoyachisi Deklan Raysni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Transfer News Live’ning TEAMtalk’ga tayanib xabar berishicha, «qirollik klubi» rahbariyati ingliz futbolchisini yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun ustuvor nomzod sifatida ko‘rmoqda.
«Arsenal» vakillari «Real»ning Raysga qiziqishidan xabardor va shu sababli 27 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda.
Raysning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt futbolchining bozor qiymatini 120 million yevro deb baholamoqda.
Manba: stadion.uz
Jamoalar
Izohlar 0